Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron Trampning BAA va Saudiya Arabistonidagi ko‘chmas mulklarini qonuniy nishon deb e’lon qildi

Eron Trampning BAA va Saudiya Arabistonidagi ko‘chmas mulklarini qonuniy nishon deb e’lon qildi

Eron AQSh Prezidenti Donald Trampning Birlashgan Arab Emirliklari (BAA) va Saudiya Arabistonida joylashgan ko‘chmas mulklarini zarbalar berish uchun qonuniy nishon deb e’lon qildi.

Tegishli bayonot Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

Tehron zarba yo‘llash mumkin deb hisoblaydigan ob’ektlar ro‘yxatiga bir nechta golf klublari va osmono‘par binolar, jumladan, Dubaydagi «Trump International Hotel & Tower», Jiddadagi «Trump Plaza» va Ar-Riyoddagi «Trump Tower» majmualari kiritilgan. Bundan avval ham Eron harbiylari mintaqadagi Amerika ob’ektlariga hujum qilish bilan bir necha bor tahdid qilgan edi.

Kiritildi: 23:52 16.07.2026. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!