Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putin Ukraina bilan tinchlik muzokaralari uchun Moskva shartini aytdi

Putin Ukraina bilan tinchlik muzokaralari uchun Moskva shartini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan tinchlik masalasida muloqot qilishga tayyor ekanini, biroq muzokaralar «joylardagi real vaziyat»dan kelib chiqishi kerakligini bildirdi.

Putin bu haqda jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina tomonidan mojaroni tartibga solish bo‘yicha ayni paytda bildirilayotgan takliflar Moskva uchun qabul qilib bo‘lmaydi.

«Ukraina Qurolli kuchlarining zarbalari Rossiya bilan qarama-qarshilikda hech qanday burilish yasagani yo‘q», — dedi Putin.

Rossiya rahbari, shuningdek, mamlakat qo‘shinlari Ukrainadagi korxonalarga zarbalarni kuchaytirgani va frontdagi hujum sur’atini oshirganini da’vo qildi.

Putin Rossiya Qurolli kuchlarining Ukraina sanoat infratuzilmasiga bergan zarbalarini samarali deb baholab, ular Kiyevning harbiy salohiyatini pasaytirishga qaratilganini aytdi.

Kiritildi: 20:40 22.08.2026. O'qildi: 961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!