Bangladesh Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya o‘rtasidagi mudofaa va xavfsizlik bitimiga a’zo bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri maslahatchisi Humoyun Kabir ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, birinchi navbatda Bangladesh tashqi siyosiy prinsipga amal qiladi hamda o‘zgarayotgan xalqaro vaziyatda milliy manfaatlarni himoya qilish uchun iqtisodiy va harbiy alyanslarda qatnashishga tayyor.