Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real» yulduzi jamoadan maoshini oshirishni talab qildi

«Real» yulduzi jamoadan maoshini oshirishni talab qildi

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem Madrid klubi oldiga maoshini oshirish bo‘yicha talab qo‘ydi.

Jurnalist Avraam Romeroning xabariga ko‘ra, angliyalik xavbek klubdagi maoshi bo‘yicha Kilian Mbappe va Vinisius Junior darajasiga yaqinlashishni istamoqda. Shu sababli yaqin vaqt ichida futbolchining agentlari «Real» rahbariyati bilan yangi shartnoma shartlari yuzasidan muzokaralarni boshlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» klubi ham yetakchi futbolchisi bilan bitimni yaxshilangan shartlarda uzaytirish borasida muhokama qilishga tayyor.

Kiritildi: 18:52 24.08.2026. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!