Snuker bo‘yicha sobiq jahon chempioni Grem Dott ikki bolani jinsiy zo‘rlashda aybdor deb topildi.
Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda.
Sud jinoyatlar 1993 va 2010 yillar oralig‘ida sodir etilganini aniqladi. Dottning qurbonlari qiz (1993 va 1996 yillar oralig‘ida) va o‘g‘il (2006 va 2010 yillar oralig‘ida) bo‘lgan. Jinoyat sodir etilgan paytda bolalar boshlang‘ich maktabda o‘qigan. Dott hech qanday qonunbuzarlikni rad etdi va ayblovlarni "jirkanch" deb atadi.
Hozir 40 yoshda bo‘lgan ayol 2001 yilda shikoyat qilgani, ammo polisiya bunga e’tibor bermagani aytilmoqda. Ikkinchi jabrlanuvchi paydo bo‘lganidan so‘ng, u bilan 2024 yil noyabr oyida yana bog‘lanishgan.
49 yoshli Dott barcha ayblovlarni rad etdi. Dushanba kuni hakamlar hay’ati aybdor deb topildi. Sportchiga hukm 29 sentyabr kuni Edinburgdagi Oliy sudda e’lon qilinadi.
Dott jahon chempioni (2006) va ikki karra jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan (2004, 2010). 2025 yil aprel oyida ayblovlar qo‘yilgandan so‘ng, Butunjahon professional bilyard va snuker assosiasiyasi (WPBSA) uni musobaqalardan chetlashtirdi.