Italiya bosh vaziri Jorja Meloni mamlakat xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayoniga ko‘maklashishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Italiya hukumati saytida xabar berildi.
"Meloni Italiyaning xalqaro hamkorlari bilan birgalikda adolatli va barqaror tinchlikka erishishga qaratilgan muzokaralar jarayoniga ko‘maklashish yo‘lida hamkorlik qilish qat’iyatini yana bir bor tasdiqladi", — deyiladi xabarda.
Mazkur bayonot "xohish bildirganlar koalisiyasi" yetakchilarining uchrashuvi chog‘ida yangradi. Italiya bosh vaziri yig‘ilishda videaloqa orqali ishtirok etdi.
Meloni, shuningdek, qish mavsumi arafasida Italiya Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirishini tasdiqladi. Jumladan, mamlakatga qo‘shimcha generatorlar yuborish rejalashtirilgan.