AQSh rasmiylari Eron bilan urushni Amerika emas, balki 1979 yilgi Islom inqilobi boshlaganini ta’kidlamoqda.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
«AQSh rasmiylari Eronga qarshi harakatlari uchun javobgarlikdan qochish maqsadida ilgari surayotgan yangi soxta talqin quyidagicha: Eron bilan urushni Amerika emas, balki 1979 yilgi Islom inqilobi boshlagan!» — dedi u.
Baqoiy to‘qqiz oy davom etgan muzokaralar jarayonida AQSh Eronga qarshi ikki marta harbiy operasiya o‘tkazganini eslatdi.
«Ular Eron oliy rahbari (Ali Xomanaiy) va yuqori martabali mansabdor shaxslarni o‘ldirdi, ayollarimiz va bolalarimizning halok bo‘lishi hamda jarohat olishiga sabab bo‘ldi, hayotiy muhim infratuzilmamizni vayron qildi.
Harbiy-siyosiy bosiqlikka duch kelgan AQSh ma’muriyati endi nafaqat urushni boshlagani uchun javobgarligini inkor etishga, balki g‘alaba qozongandek taassurot uyg‘otish orqali belgilangan maqsadlarga erisha olmaganini ham yashirishga urinmoqda», — deya ta’kidladi TIV vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroning kelib chiqish sabablari haqida gapirganda, AQSh 1979 yilni emas, balki 1953 yilni eslashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 1953 yil avgust oyida Eronda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (SRU) va Buyuk Britaniya razvedka xizmati MI6 ko‘magida «Ayaks» operasiyasi nomi bilan tanilgan davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan. Natijada bosh vazir Muhammad Musaddiq hokimiyatdan ag‘darilgan va shoh Muhammad Rizo Pahlaviyning mutlaq hokimiyati tiklangan.