Eron Tashqi ishlar vaziri 2015 yildagi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni tiklash o‘zgargan sharoitlar tufayli imkonsizligini ma’lum qildi.
"Mening fikrimcha, 2015 yildagi kelishuvni mavjud shaklida qayta tiklab bo‘lmaydi. Bu bizning manfaatlarimizga mos kelmaydi, chunki yadro sohamizdagi vaziyat juda o‘zgardi va biz avvalgi shartlarga qayta olmaymiz. Xuddi shuni sanksiyalar haqida ham aytish mumkin. Shunga qaramay, 2015 yildagi kelishuv muzokaralar uchun asos va namuna bo‘lishi mumkin", – deya Eron TIV rahbarining so‘zlarini keltiradi Al Arabiya.
Abbos Araqchi, shuningdek, Eron hozircha AQSh bilan muloqotga qarshi ekanligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z siyosatini o‘zgartirmaguncha, Tehron muzokaralarda ishtirok etmaydi.