Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

BAA - O‘zbekiston uchrashuviga chiptalar qachon sotuvga chiqadi?

BAA - O‘zbekiston uchrashuviga chiptalar qachon sotuvga chiqadi?

JCH-2026 saralashi doirasida bo‘lib o‘tadigan BAA - O‘zbekiston ko‘plab mulohazalarga sabab bo‘lmoqda.

Uchrashuvga ikki haftadan kamroq vaqt qolganiga qaramay chiptalar hali hamon sotuvga chiqarilmagan. Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Amirliklar assosiasiyasi nihoyat O‘FAning OFK reglamentiga muvofiq stadion sig‘imining sakkiz foiziga teng chiptalarni sotib olish bo‘yicha so‘roviga nihoyat javob bergan. Mezbon tomon ma’lum qilishicha, O‘FA qoida bo‘yicha xarid qilish huquqiga ega bo‘lgan chiptalarni sotib ololmaydi va barcha chiptalar keyingi hafta sotuvga chiqariladi. Biroq o‘zbekistonlik muxlislar uchun sotiladigan chiptalar soni ma’lum emas. O‘zbekiston terma jamoasi ishqibozlariga ajratilgan sektorlardagi chiptalar aynan kimga va qanday sotilishi ham noaniq.

Chiptalar ticketmaster.ae platformasida sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo‘ljallangan "Al Nahayyon" stadionida bo‘lib o‘tkaziladi.

Kiritildi: 11:26 25.05.2025. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!