Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eron Qurolli Kuchlarining elit bo‘linmasi) Quvaytdagi Amerika HIMARS raketa tizimlarini uchirish moslamalariga qarshi uchuvchisiz uchish apparatlarini (dron) uchirdi.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonot berdi.
"Operasiya davomida uchirish moslamalari va o‘q-dorilar yo‘q qilindi", deb qo‘shimcha qildi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi.
Operasiyada uch amerikalik zobit halok bo‘lgani va bir nechtasi yaralangani qayd etildi.
Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi yakshanba kuni kechasi AQSh kuchlari Erondagi taxminan 140 ta nishonga hujum qilgani haqida xabar bergan edi. Islom Respublikasi shuningdek, AQSh zarbalariga javoban Iordaniya, Quvayt, Bahrayn va Qatardagi AQSh harbiy ob’ektlariga bir qator raketa va dron hujumlari haqida xabar bergan.