"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi.
41 yoshli hujumchi bugun, 5 noyabr kuni Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi.
Shundan so‘ng Brunu Fernandesh ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ronalduga minnatdorlik bildirib, ta’sirli so‘zlar yozdi.
"Meni ilhomlantirganing uchun rahmat! O‘z kumirim bilan birga terma jamoamiz tarixidagi buyuk lahzalarni boshdan kechirish men uchun katta sharaf bo‘ldi", — deb yozdi Fernandesh.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2003 yildan buyon Portugaliya milliy jamoasi sharafini himoya qilib kelgan.
U terma jamoa bilan 2016 yilda Yevropa chempioniga aylangan va ikki marta UYEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.
Ronaldu Portugaliya safida jami 234 ta uchrashuv o‘tkazib, 146 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.