Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kiyev yaqinidagi ehtimoliy qiynoqlar yuzasidan BMT bayonot berdi

Kiyev yaqinidagi ehtimoliy qiynoqlar yuzasidan BMT bayonot berdi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Kiyev yaqinida qiynoqlar qo‘llanilgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Tashkilot har qanday zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatga oid ma’lumotlar xolis, to‘liq hamda shaffof tarzda tekshirilishi shartligini ta’kidladi.

"Har qanday suiiste’molchilik va shafqatsiz munosabat haqidagi da’volar, jumladan, majburiy harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslar yoki harbiy xizmatchilarga nisbatan sodir etilgan ehtimoliy qonunbuzarliklar to‘liq, xolis va shaffof tergov qilinishi lozim", — dedi boshqarma vakili Shabia Mantu.

Uning so‘zlarini RIA Novosti agentligi keltirmoqda.

Kiritildi: 23:45 05.11.2026. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik