Portugaliya prezidenti Antoniu Joze Seguru Krishtianu Ronalduning milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirib, afsonaviy hujumchiga minnatdorlik izhor etdi.
Bugun, 5 noyabr kuni "An-Nasr"ning 41 yoshli futbolchisi 2003 yildan buyon sharafini himoya qilib kelgan Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi.
"Portugaliya nomidan Krishtianu Ronalduga milliy jamoamiz sharafini munosib himoya qilgani, portugaliyaliklarni ilhomlantirgani va mamlakatimiz nomini butun dunyoga mashhur qilgani uchun minnatdorlik bildiraman.
Menimcha, bu Krishtianu Ronalduning sport faoliyatidagi eng og‘ir kunlardan biri. Ammo ishonchim komilki, Portugaliya xalqi har doimgidek uni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, Portugaliya bundan keyin ham uning vatanga bo‘lgan muhabbatiga tayanishi mumkinligini bilaman. U har bir mashg‘ulotda, har bir o‘yinda va barchamizga ulkan quvonch bag‘ishlagan har bir golida qanday fidoyilik ko‘rsatgan bo‘lsa, kelajakda ham mamlakatimizni xuddi shunday sadoqat bilan namoyon etishda davom etadi.
Senga eng ezgu tilaklarimni bildiraman, Krishtianu. Va barchasi uchun katta rahmat!" — deyiladi Seguruning bayonotida.