Eronning janubida joylashgan Keshm oroli osmonida Amerikaga tegishli uchuvchisiz uchish apparati tutib olindi.
Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) ma’lum qildi.
«Amerikaga tegishli beshinchi avlod MQM-170 razvedka droni IIQK Aerokosmik kuchlarining ilg‘or radioelektron kurash tizimlari yordamida Keshm oroli ustidagi havo hududida tutib olindi», — deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, Eron tomoni mazkur turdagi uchuvchisiz apparatlarni tutib olgani haqida bir necha bor bayonot bergan.