Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj jahon chempionatidagi LGBTga bag‘ishlangan o‘yin atrofidagi vaziyat haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlashdan oldin Sietl tashkiliy qo‘mitasi 26 iyunga rejalashtirilgan turnir o‘yini LGBTga bag‘ishlanishini e’lon qilgan edi. Anons vaqtida o‘yinda qaysi terma jamoalar o‘ynashi ma’lum emas edi. Qur’adan so‘ng shu kuni Sietlda Eron va Misr terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishi ma’lum bo‘ldi.
Misrda gomoseksual munosabatlar taqiqlangan. Eronda gomoseksual munosabatlar uchun maksimal jazo - o‘lim jazosi.
"Biz ham, Misr ham bu masalada norozilik bildirdik. Bu ma’lum bir guruhni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilingan nooqilona qaror, biz buni albatta muhokama qilamiz," - dedi Toj.