Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Britaniyaga maxfiy agentlarni muhojirlar orasida yuborgan bo‘lishi mumkin

Eron Britaniyaga maxfiy agentlarni muhojirlar orasida yuborgan bo‘lishi mumkin

Eron maxsus xizmatlari bilan bog‘liq shaxslar Buyuk Britaniyaga La-Mansh bo‘g‘ozi orqali kichik qayiqlarda o‘tishga uringan muhojirlar orasida aniqlangan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron bilan bog‘liq kontrabanda tarmoqlari odamlarni Yevropa orqali Buyuk Britaniyaga olib o‘tish uchun foydalanilgan. Manbalarning ta’kidlashicha, ayrim yo‘nalishlar Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (KSIR)ning 700-bo‘linmasi nazoratida bo‘lgan.

Fransiyadagi odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar The Telegraph nashriga Kale shahrida bo‘lgan muhojirlarni Buyuk Britaniyaga olib o‘tishda eronlik tuzilmalar yordam berganini aytgan. Ularga ko‘ra, bu yordam muhojirlar Britaniyada joylashib olgach, kelajakda muayyan «xizmat» ko‘rsatish sharti bilan amalga oshirilgan.

Nashrning yozishicha, Britaniya hukumati tomonidan aniqlangan ayrim shaxslar Eron Razvedka va milliy xavfsizlik vazirligi bilan aloqador bo‘lgan. Shuningdek, ushbu tarmoqlar orqali Londonda Eron hukumatiga sodiq shaxslar ham joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda ushbu ma’lumotlar rasmiy idoralar tomonidan ommaviy ravishda tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 10:30 25.07.2026. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!