Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron AQShning 20 million dollarlik mukofot taklifi yuzasidan BMT va MAGATEga shikoyat yo‘lladi

Eron AQShning 20 million dollarlik mukofot taklifi yuzasidan BMT va MAGATEga shikoyat yo‘lladi

Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning yadroviy dasturi haqida ma’lumot bergan shaxslarga 20 million dollargacha mukofot puli to‘lash taklifi bilan bog‘liq holda AQShga norozilik bildirdi. Shuningdek, BMT va Xalqaro atom energiyasi agentligiga (MAGATE) tegishli maktublar yuborildi.

IRIB agentligi xabar berishicha, maktublarni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi yo‘llagan.

«Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh Davlat departamentining Eron yadroviy dasturi haqida ma’lumot taqdim etganlik uchun 20 million dollargacha mukofot puli taklif qilish to‘g‘risidagi bayonotiga keskin munosabat bildirdi», — deyiladi xabarda.

Eron TIV rahbari o‘z murojaatida Vashingtonning ushbu bayonotini «nafratlanarli va afsuslanarli» deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat departamenti Eronning yadroviy dasturi haqida ma’lumot taqdim etgan shaxslarga 20 million dollargacha mukofot puli berishini e’lon qilgan edi. Taklifda ma’lumot beruvchilar va ularning oila a’zolarini boshqa joyga ko‘chirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Mukofot «Adolat uchun mukofot» (Rewards for Justice — RFJ) dasturi doirasida taklif etilmoqda.

Kiritildi: 13:00 11.11.2026. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik