Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron AQShni Isroilga milliardlab dollar sarflayotgani uchun tanqid qildi

Eron AQShni Isroilga milliardlab dollar sarflayotgani uchun tanqid qildi

Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy AQShdagi ommaviy aviaqatnovlar uzilishini Vashingtonning byudjet siyosati, xususan, Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratayotgan milliardlab dollarlari bilan bog‘ladi.

Uning aytishicha, AQSh rasmiylari aviaqatnovlardagi jiddiy muammolarni navigasiya uskunalarining eskirgani bilan izohlamoqda. Biroq Vashington Yaqin Sharqdagi qurol-yarog‘ va harbiy operasiyalarga katta mablag‘ ajratishda davom etmoqda.

«Amerikalik rasmiylarning navigasiya infratuzilmasi eskirgani haqidagi izohlari AQSh jamoatchiligi oldida jiddiy savolni paydo qildi: nima uchun Vashington o‘z uskunalarini ta’mirlash o‘rniga mintaqada qurol-yarog‘ va urushni avj oldirishga milliardlab dollar sarflamoqda?» — dedi Baqoiy.

Eron TIV vakili, shuningdek, AQSh ma’muriyatini mamlakatning ichki ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirishda va Tehron beqarorlik keltirib chiqarishga qaratilgan deb hisoblaydigan Isroil siyosatini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Bayonot AQSh aviasiya tizimida yuz bergan yirik uzilishdan keyin yangradi. Hodisa oqibatida 4700 dan ortiq aviareys bekor qilingan, qariyb 10 mingta reys esa kechiktirilgan.

AQSh rasmiylari kiberhujum ehtimolini istisno qildi va keyinchalik aviaqatnovlar normallashganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Baqoiyning AQShning Isroilga sarflayotgan mablag‘lari bilan aviasiya infratuzilmasining texnik holati o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi gaplari Eron tomonining siyosiy bahosi bo‘lib, texnik nosozliklarning tasdiqlangan sababi hisoblanmaydi.

Kiritildi: 22:20 15.11.2026. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik