Eron AQSh bilan kelishmovchiliklarni hal qilish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni qayta boshlashga tayyor, basharti Vashington adolatli kelishuvga erishish yo‘lida samimiy intilish namoyish etsa.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Financial Times gazetasi uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi.
«Agar AQSh tomonidan ishonchni mustahkamlash va adolatli yechimga erishishga bo‘lgan samimiy xohishning ishonchli dalillarini ko‘rsak, Eron diplomatiyaga yana bir bor imkoniyat berishga tayyor», — deb ta’kidladi Eron TIV rahbari.
Arag‘chi, shuningdek, Vashingtonning harbiy harakatlar foydasiga diplomatik yo‘ldan voz kechishi yanada jiddiy strategik muvaffaqiyatsizlikka (mag‘lubiyatga) olib kelishidan ogohlantirdi.