Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron AQSh va Isroilga qarshi yangi harbiy reja ishlab chiqqanini e’lon qildi

Eron AQSh va Isroilga qarshi yangi harbiy reja ishlab chiqqanini e’lon qildi

Eron Qurolli kuchlari mintaqada vaziyat yana keskinlashgan taqdirda AQSh va Isroilga qarshi qo‘llash uchun mutlaqo yangi tezkor harbiy reja ishlab chiqdi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, qarshi tomonlarning harbiy tahdidlari mintaqadagi strategik kuchlar muvozanatiga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

«So‘nggi kunlarda Amerika va sionist amaldorlari tomonidan yangrayotgan bema’ni bayonotlar va takroriy tahdidlar mavjud voqelikni o‘zgartira olmaydi», — dedi Eron rasmiysi.

Rizoiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron Islom Respublikasiga qarshi «yangi harbiy avantyura» boshlangan taqdirda, mamlakat Qurolli kuchlari tayyorlagan javob choralari «12 kunlik va 40 kunlik urushlardagidan ancha vayronkor» bo‘ladi.

Shuningdek, Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi bu safar Tehron odatdagi harbiy harakatlar doirasi bilan cheklanib qolmasligini alohida ta’kidladi.

Uning bildirishicha, yangi harbiy reja AQSh va Isroil o‘rganib qolgan hamda kutayotgan qoidalardan tashqarida amalga oshiriladi.

Kiritildi: Bugun 15:43. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!