Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Diyora Keldiyorova - Aktau Asian Open 2026 chempioni!

Diyora Keldiyorova - Aktau Asian Open 2026 chempioni!

17 oktyabr kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiada va Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Jahon chempionati sovrindori Diyora Keldiyorova (-52 kg) Qozog‘istonning Aqtau shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng tatamiga qaytgan Keldiyorova final bahsida ozarbayjonlik Farida Mirzayevani muddatidan oldin mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

O‘zbekistonlik dzyudochi turnir davomida o‘zi ishtirok etgan barcha bellashuvlarda raqiblarini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba Keldiyorovaga jahon reytingi uchun 100 ochko taqdim etdi.

Kiritildi: Bugun 03:30. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!