2022 yil mart oyida Anatoliy Chubays Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, Ukrainaga bosqinni tanqid qilgan va harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan. Bu haqda BMTning Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Mariana Kasarova hisobotida aytilgan. Shundan so‘ng Chubays davlat lavozimidan ketib, mamlakatni tark etgan.
The Insider ma’lumotlariga ko‘ra, Chubays ketganidan ko‘p o‘tmay, “Rosnano“ning yangi rahbari korporasiyaning avvalgi boshqaruvi faoliyatini tekshirishni so‘rab, bosh prokurorga murojaat qilgan. Keyinchalik korporasiya bilan bog‘liq kamida 22 kishiga nisbatan jinoiy ayblovlar qo‘yilgan, sobiq rahbarlar va xodimlarga qarshi milliardlab rubllik da’volar kiritilgan.
2026 yil may oyida Chubays da’volarning umumiy qiymati 25 milliard rubldan oshganini bildirgan va sobiq hamkasblariga nisbatan ta’qibni repressiya deb atagan. Avgustda esa Kanada uni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqargan. Biroq Ottava bu qarorga asos bo‘lgan dalillarni oshkor qilmagan.