Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiyni tinchlikka erishishdagi asosiy to‘siq!

Zelenskiyni tinchlikka erishishdagi asosiy to‘siq!

AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukrainadagi mojaroni hal etish yo‘lidagi eng katta to‘siq deb atadi.

«Zelenskiy — Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lidagi eng katta to‘siq. Buni hamma tushunib yetganidan keyin urush tugaydi va mamlakat aholisi o‘z hayotini qayta tiklashni boshlashi mumkin», — deb yozdi Flinn X ijtimoiy tarmog‘ida.

Avvalroq, shu hafta AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiyning tinchlik kelishuvlariga tayyor emasligidan va Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni istamayotganidan noroziligini bildirgan edi. Shuningdek, u Ukrainaga Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi rahbar kerakligini aytgan.

Shunga qaramay, Zelenskiy Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berishni taqiqlash masalasi endi dolzarb emasligini bildirgan. U 2024 yil may oyida vakolat muddati tugaganiga qaramay, prezidentlik saylovlarini o‘tkazishdan bosh tortayotgani haqidagi bahslar ham davom etmoqda.

Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan investisiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ham juma kuni Zelenskiyni tinchlikka erishish yo‘lidagi to‘siq deb atadi. Uning ta’kidlashicha, mojaroni hal etish jarayoni davomida Zelenskiyning Donald Trampga nisbatan xatti-harakatlari muayyan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 22:04 17.10.2026. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!