Portugaliya futbol federasiyasi (FPF) rahbari Pedru Proensa hujumchi va sardor Krishtianu Ronaldu milliy jamoa uchun muhim futbolchi ekanini hamda uni yana g‘alabalar sari yetaklay olishini ta’kidladi.
"O‘ylaymanki, sardorimiz hamma narsani aytib bo‘ldi, bosh murabbiymiz hamma narsani aytib bo‘ldi, hatto Portugaliya futbol federasiyasi ham hamma narsani aytib bo‘ldi. Biz birdammiz. Bizning istagimiz — Millatlar ligasida g‘alaba qozonish va biz barchaga ishonamiz. Ochiq-odin ko‘rinib turibdiki, sardorimiz Krishtianu Ronaldu buning uchun asosiy figuralardan biridir.
Albatta, Ronalduning qaytishi uchun sharoitlar mavjud. Bu narsa uning shaxsiy xatida ham ochiqlangan edi, bu haqda terma jamoa bosh murabbiyining o‘zi ham aytdi, Portugaliya futbol federasiyasi ham o‘z fikrini bildirdi. Shu sababli hozir hamma bir stol atrofiga o‘tirib, yaxshi yechimlarni topishi kerak bo‘lgan xotirjamlik lahzasi keldi", — deydi Proensaning so‘zlarini A Bola nashri.