Eron parlamenti Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi raisi Ibrohim Aziziy mamlakat qurolli kuchlari AQSh va Isroil bilan ehtimoliy harbiy mojaroga tayyor ekanini bildirdi.
Aziziyning aytishicha, Eron armiyasi avvalgidan ham ko‘proq tayyorgarlik holatida va AQSh hamda Isroil tomonidan «noto‘g‘ri hisob-kitob» qilinishi ehtimoliga tayyor turibdi.
U bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
«Ishonchingiz komil bo‘lsinki, ular oladigan javob avvalgidan ham qattiqroq va vayronkorroq bo‘ladi», — dedi Aziziy.
U shuningdek, Eron Qurolli kuchlari ehtimoliy harbiy mojaroga tayyor holda turganini ta’kidladi.