Eron AQSh sanksiyalarining iqtisodiy bosimini kamaytirish maqsadida Rossiya, Xitoy, Pokiston, Turkiya va Markaziy Osiyo orqali muqobil savdo hamda transport yo‘laklarini rivojlantirmoqda.
GIS Riports tahliliga ko‘ra, Eron Fors ko‘rfazi portlariga qaramlikni kamaytirib, Kaspiy dengizi portlari, Pokiston va Turkiya bilan quruqlik yo‘llaridan foydalanishni kengaytirgan.
Rossiya bilan hamkorlikda Shimol–Janub xalqaro transport yo‘lagi rivojlantirilmoqda. Shuningdek, Eronning SEPAM va Rossiyaning SPFS moliyaviy tizimlarini integrasiya qilish, rial va rublda hisob-kitoblarni oshirish orqali dollarga bog‘liqlik kamaytirilmoqda.
Xitoy bilan savdo aloqalari esa Turkmaniston va Qozog‘iston orqali temiryo‘l yo‘nalishlari hisobiga kengaymoqda.
Tahlilga ko‘ra, bu muqobil tarmoqlar AQShning Eron iqtisodiyotini to‘liq izolyasiya qilish strategiyasi samaradorligini pasaytirgan. 2026 yilda Eron tashqi savdosi hajmi taxminan 76 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.