Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron AQShdan yangi taklif olganini ma’lum qildi

Eron AQShdan yangi taklif olganini ma’lum qildi

Tehron Vashingtondan mavjud ziddiyatni yumshatishga qaratilgan yangi taklif olganini tasdiqladi.

Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Muhojironiyning ma’lum qilishicha, tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy AQSh tomonidan kelib tushgan taklif haqida hukumat a’zolarini xabardor qilgan.

Ayni paytda Vashington tashabbusining aniq mazmuni ochiqlanmagan. Eron tomoni ham hozircha uning qaysi shartlarni o‘z ichiga olishi haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, AQShning javobi Qatar vositachilari orqali Eron tashqi ishlar vaziriga yetkazilgan. Muzokaralarda tomonlarning asosiy kelishmovchiligi taklif etilayotgan choralarni qay tartibda amalga oshirish masalasi bilan bog‘liq.

Tehron avvalroq Hurmuz bo‘g‘ozini qayta ochish va Vashington bilan muzokaralarni tiklashni ko‘zda tutuvchi yetti kunlik rejani ilgari surgan edi. Qatar esa AQSh va Eron o‘rtasidagi bilvosita muloqotda vositachilik qilishda davom etmoqda.

Kiritildi: 15:49 30.09.2026. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!