Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin: Rossiya yordam so‘rab dunyo kezib yurmasligi kerak

Putin: Rossiya yordam so‘rab dunyo kezib yurmasligi kerak

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya boshqa davlatlardan yordam so‘rab, «qo‘l ochib» yurishga muhtoj emasligini bildirdi.

Putinning aytishicha, Rossiya «butun dunyo bo‘ylab yugurib, tahqirlovchi tarzda sadaqa so‘rab yura olmaydi». U bunday holatni, avvalo, tahqirlovchi deb atadi.

«Birinchidan, bu tahqirlovchi. Ikkinchidan, bizga hech kim yordam bermasligini yaxshi bilamiz. Uchinchidan, eng muhimi — bizga bu kerak emas», — dedi Rossiya rahbari.

Putinning ta’kidlashicha, Rossiyaning moliyaviy tizimi va iqtisodiyoti o‘zini ishonchli his qilmoqda. U asosiy vazifa «hech qanday xato qilmaslik» ekanini qo‘shimcha qildi.

Rossiya prezidenti bu bayonotni 30 sentyabr kuni Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqiriqdagi birinchi yalpi majlisiga kelganida bildirdi.

Kiritildi: 20:41 30.09.2026. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!