Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Eronga mudofaa sohasida yordam ko‘rsatgan 10 nafar shaxs va kompaniyaga sanksiyalar joriy etdi

AQSh Eronga mudofaa sohasida yordam ko‘rsatgan 10 nafar shaxs va kompaniyaga sanksiyalar joriy etdi

AQSh Moliya vazirligi Eronga qurol sotib olishda yordam bergani uchun 10 nafar jismoniy va yuridik shaxsga sanksiyalar joriy qildi.

Bu haqda AQSh davlat departamenti veb-saytidagi hujjatda aytilgan.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar va kompaniyalar Eron Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlari uchun qurol va butlovchi qismlar sotib olishgan.

Hujjatga ko‘ra, cheklovlar Xitoy, Pokiston va Saudiya Arabistoni kompaniyalariga ta’sir ko‘rsatgan.

Joriy yilning avgust oyida Vashington Eronga qarshi "Iqtisodiy qaroqchi davlat" operasiyasini boshladi, uning maqsadi mamlakatni moliyaviy jihatdan yanada izolyasiya qilish va shu bilan uni oltinchi oyga kirgan mojaroda chekinishga majbur qilish edi.

Kiritildi: 10:00 30.09.2026. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!