AQSh prokuraturasiga ko‘ra, Davud Ansariy Bruklinda “Choyxona” deb atalgan tarmoqni boshqargan. Guruh ISHID va “An-Nusra” safiga Suriyaga ketmoqchi bo‘lganlar uchun pul yig‘gan. 2013 yilda shu mablag‘lar hisobidan kamida uch kishi Suriyaga jo‘natilgan.
2016 yilda AQShdan Turkiyaga ketib, qaytib kelmagan Ansariy 10 yildan keyin Gruziyada qo‘lga tushdi va 23 sentyabrda AQShga ekstradisiya qilindi. Uni 35 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.