Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron AQSh dengiz floti esmineslariga hujum qildi

Eron AQSh dengiz floti esmineslariga hujum qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) AQSh dengiz flotining DDG-119 va DDG-53 harbiy kemalariga zarba berdi, ular qanotli raketalar va Aegis tizimi bilan jihozlangan.

Bu haqda Tasnim axborot agentligi IIQK bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

"Jazo operasiyasi davomida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining aerokosmik kuchlari qanotli raketalar va Aegis tizimi bilan jihozlangan DDG-119 va DDG-53 esmineslariga ballistik raketa zarbalarini berdi. Hujum kemalarga jiddiy zarar yetkazdi", deyiladi IIQK bayonotida.

Avvalroq IIQK Iordaniyadagi AQSh F-35, F-16 va F-15 qiruvchi samolyotlari uchun texnik xizmat ko‘rsatish angarlari, o‘quv inshootlari, joylashtirish joylari va boshpanalariga zarbalar berilgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) beshta Eron neft tankerining yo‘q qilingani haqida ma’lumot e’lon qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!