"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland muntazam ravishda transfer mish-mishlari qahramoniga aylanmoqda — forvardni goh "Barselona", goh "Real" bilan bog‘lashmoqda. El Nacional nashriga ma’lum bo‘lishicha, Xoland 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin klubini o‘zgartirish niyatida emas — norvegiyalik futbolchi "Manchester Siti"da qoladi.
Xoland qachondir o‘zini Ispaniya La Ligasida sinab ko‘rishni istaydi, biroq u yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasini "Barselona" yoki "Real"ga o‘tish uchun munosib vaqt deb hisoblamaydi.
25 yoshli Erling Xoland 200 million yevroga baholanmoqda. Norvegiyalik to‘purarning amaldagi shartnomasi 2033/2034 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.