Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Erdo‘g‘on: "Turkiya Rossiya va Ukraina bilan muzokara olib bormoqda"

Erdo‘g‘on: "Turkiya Rossiya va Ukraina bilan muzokara olib bormoqda"

Turkiya Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Rossiya va Ukraina bilan aloqada bo‘lib turibdi va Bolgariyaning istisnoiy iqtisodiy zonasida (IIZ) ikkita savdo kemasiga qilingan dronlar hujumidan afsusda.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘gon Bolgariya bosh vaziri Rumen Radev bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatda ma’lum qildi.

Turkiya Prezidenti Administrasiyasining Kommunikasiya boshqarmasi tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarni, shuningdek, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilishgan. Suhbat davomida Erdogan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha qadamlar tashlanishini va birinchi navbatda savdo sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun aniq choralar ko‘rilishini aytgan.

Bundan tashqari, Bolgariya bosh vaziri Antaliyada bo‘lib o‘tadigan COP31 yetakchilari sammitiga taklif qilingan.

Kiritildi: Bugun 07:00. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!