Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Er va suvdan foydalanish qoidalari qat’iylashdi

Er va suvdan foydalanish qoidalari qat’iylashdi

Erlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

Qonun (O‘RQ-1062-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda – muddati o‘tgan qarzdorlik uning mavjudligi to‘g‘risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo‘lgan huquq bekor qilinishi belgilandi.

Bundan tashqari, sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha aniq talablar belgilanmoqda,

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yer osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo‘lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Kiritildi: 17:38 05.05.2025. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!