Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Alisher Qodirov o‘zbek futboli mas’ullarini tanqid qildi

Alisher Qodirov o‘zbek futboli mas’ullarini tanqid qildi

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov o‘zbek futboli mas’ullarini tanqid qildi.

"Turkiya 2002 yildagi Jahon chempionatiga bitta ota va 22 ta o‘g‘il bo‘lib borgan. Rivaldo, Ronaldo, Roberto Karloslari bor Braziliya bilan bir bosh baland o‘ynab mag‘lub bo‘lishgan. Bronza uchun o‘yinda esa Ronaldu Portugaliyasi va Raul Ispaniyasini mag‘lub etgan Xiddink Koreyasini yengishgan.

Hozir qarindoshlarda hamma narsa bor: top murabbiy, zo‘r futbolchilar, sharoit, lekin ruh yo‘qdek. Turkiya-2002 da bir butun ruh bor edi. Fotix Terim o‘shanda “imperator” laqabini olgan.

Futbolga mas’ullarimiz milliy jamoani jangga tayyorlashdan ko‘ra ko‘proq yuz bilan yiqilmaslik haqida o‘ylayotgandek taassurot uyg‘onmoqda. Bunga Olimpiadadagi salbiy natija sabab bo‘layotgandir? Lekin, Olimpiadada jamoa yaxshi o‘ynadi, jamoaga yetarli sharoit yaratib berilganida, hatto natija ham bo‘lishi mumkin edi.

Fikrimcha, xom-xayollarni to‘xtatib, Islom Ismoilovning U17siga o‘xshagan bir butun, jangchi jamoa yaratish haqida o‘ylash kerak. Bunday jamoa natija qilmasa ham hurmat ko‘radi, lekin, istagi va imkoniyatlari turli darajada bo‘lganlar bilan Amerika sayohatini o‘zbek muxlisi kechirmasa kerak!

Milliy jamoa milliy g‘ururimizga aylanib bo‘ldi. Koreyaning Xiddingi yo‘q, qaytib bo‘lmasa ham kerak. Kapadze atrofida yosh bo‘lsa ham jonu-jahdi bor o‘yinchilarni yig‘ib, jamoaviy ruh ustida ishlash kerak.

Bu mening muxlis fikrim! Qo‘rqqaniga qo‘sh ko‘rinaverdi, deydi xalqimiz. To‘g‘ri o‘ylab tezroq qaror qilish kerak", deb yozadi Qodirov.

Kiritildi: Bugun 17:49. O'qildi: 1678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!