Rossiya biznesi Vyetnamga suyultirilgan tabiiy gaz va neft mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish, shuningdek, mamlakatda avtomobil ishlab chiqarishni rivojlantirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Rossiya–Vyetnam muzokaralari yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, avtomobil ishlab chiqarish yo‘nalishi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) va Vyetnam o‘rtasidagi erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitimda ham nazarda tutilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikda o‘zaro investisiyalarga o‘tish muhim yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Vyetnam kompaniyalari Rossiya agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda.
Investisiyaviy jarayonlarni jadallashtirish maqsadida Vyetnam Moliya vazirligi bilan investisiyaviy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanadi.
Reshetnikov, shuningdek, YEOII va Vyetnam o‘rtasida erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitim amal qilayotgan 10 yil davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshganini ma’lum qildi. Joriy yilda ham ijobiy sur’at saqlanib, savdo hajmi yana 14 foizga o‘sdi.
Rossiya ayni paytda Vyetnamga oziq-ovqat mahsulotlari, metall va o‘g‘itlar eksportini ham oshirmoqda.