Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Eng arzon go‘sht qaysi bozorda?

Eng arzon go‘sht qaysi bozorda?

Davlat statistika qo‘mitasi 3 dekabr kuni O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 35 000 so‘mdan 57 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 37 000 so‘mdan 64 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (37 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (64 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 800 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kilogramm)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 800 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1000) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da (4 000) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski Jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 4 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori»da (4 000 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 9 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (9 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar 5 200 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kilogramm)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining «Eski Jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 200) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» hamda Toshkent shahrining «Eski Jo‘va dehqon bozori» , «Mirobod dehqon bozori»da (6 500) so‘mdan kuzatildi.

Kiritildi: 14:12 05.12.2019. O'qildi: 2877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!