Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Elektr va gaz ta’minoti xodimlarining qilmishlari fosh bo‘ldi

Elektr va gaz ta’minoti xodimlarining qilmishlari fosh bo‘ldi

❗️ Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Namangan va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida korrupsion holatlarga chek qo‘yildi.

1️⃣ Namangan viloyati Kosonsoy tumani elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi o‘z xizmat mavqeilaridan foydalangan holda tadbirkorning ishonchiga kirishib, u tomonidan o‘ziga tegishli MCHJ binosiga o‘rnatilgan, quvvati 50 kVt.li quyosh paneli va boshqa bajarilgan ishlar uchun texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 17 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

2️⃣ Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa “Uzuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 1977 y.t. fuqaroga tegishli gaz hisoblagichning nosozligi tufayli yuzaga kelgan 23 mln so‘m miqdoridagi qarzdorligini so‘ndirib berish va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5 mln so‘m pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, ushbu g‘ayriqonuniy ishga uning 1988 y.t. hamkasbi ham aloqador ekanligi aniqlandi.

⚖️ Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!