Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Eron va Ukrainani adashtirib yubordi – BBC

Tramp Eron va Ukrainani adashtirib yubordi – BBC

Prezident Tramp matbuot anjumani davomida jurnalistning ikki urushdan qaysi biri tezroq tugashi haqidagi savoliga javob berayotib, katta ehtimol bilan Eron va Ukrainani adashtirib yubordi.

"Bilmayman. Balki muddatlar bir xil bo‘lar. Ukraina... harbiy nuqtai nazardan ular mag‘lubiyatga uchradi. Siz buni feyk ommaviy axborot vositalaridan eshitmaysiz, lekin harbiy jihatdan... Flot... 159 ta kema — va ularning barchasi hozir suv ostida", – deydi AQSh prezidenti.

Bir hafta oldin Tramp AQSh harbiylari Eronning 159 ta kemasini cho‘ktirganini aytgan edi. Shu sababli kontekstdan kelib chiqilsa, prezident Ukrainani emas, balki Eronning harbiy mag‘lubiyatini nazarda tutgani ko‘rinib turibdi.

Matbuot anjumanidan ko‘p o‘tmay, Ukraina Mudofaa kuchlari ofiseri va Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi huzuridagi Dezinformasiyaga qarshi kurashish markazi rahbari Andrey Kovalenko ham bunga munosabat bildirdi.

"Tramp 159 ta cho‘ktirilgan kema va urushdagi mag‘lubiyat haqida gapirganda Ukraina va Eronni adashtirib yubordi. Buni aniqlashtirib olish muhim", — dedi Kovalenko.

CNN telekompaniyasi ham Tramp harbiy mag‘lubiyat haqida gapirganda, katta ehtimol bilan mamlakat nomini noto‘g‘ri aytganini qayd etdi. Oq uy hozircha Trampning bu so‘zlari bo‘yicha qo‘shimcha izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!