➡️ Toshkent viloyati Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori joriy yil fevral oyida 1990 y.t. I.Saidov yetakchiligidagi jinoiy guruh tomonidan 1994 y.t. fuqaroga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha holatni “bosdi-bosdi” qilib berish evaziga undan olgan 2700 AQSh dollaridan muqaddam 1000 dollarini jabrlanuvchiga bergan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, profilaktika inspektori jabrlanuvchiga 300 AQSh dollari bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, profilaktika inspektorining mazkur noqonuniy harakatiga aloqador bo‘lgan hamkasbini ham jinoyat ishiga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.