Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Matbuotda Madridning «Real» klubidagi ichki muhit bilan bog‘liq muammolar haqida yana xabarlar paydo bo‘lmoqda. Hujumchi Kilian Mbappe jamoa ichida qiyinchiliklarga duch kelmoqda — u ko‘pincha yakkalanib qolgan, bu esa hatto maydonda ham sezilmoqda, deb yozadi Madrid Universal.

Bundan tashqari, manbaning xabar berishicha, «qaymoqranglilar» futbolchilari fransiyalik yulduzni emas, balki Vinisius Juniorni o‘z yetakchisi deb hisoblashadi. Bosh murabbiy Alvaro Arbeloa Mbappe jarohati sababli safda bo‘lmagan davrda jamoada ijobiy dinamika yaratishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘sha vaqtda Vinisius qo‘shimcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, jamoadoshlarini o‘z atrofida jipslashtira oldi. Kilian esa Ispaniya poytaxtidagi faoliyati davomida hali bunday natijaga erisha olgani yo‘q.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!