Evropa Ittifoqi va AQSh Ukraina inqirozini hal qilish masalasida turlicha qarashlarga ega emas, deb ma’lum qildi Yevropa komissiyasining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha vakili Anita Xipper.
U Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqot yakunlariga shunday izoh berdi.
«Biz AQShning adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini doimo olqishlaganmiz. Bu bizning ham maqsadimizdir», — deya Xipperning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.