Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ota va bolani kaltaklab, ulardan ikkinchisini o‘ldirib qo‘ygan to‘rt kishi qo‘lga olindi.

Surxondaryo viloyati IIB rasmiy axborotida aytilishicha, hodisa 27 aprel kuni Denov shahri Bog‘ishamol mahallasidagi avtomobil yuvish shoxobchasi oldida yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, 56 yoshli ota A.U va uning 32 yoshli o‘g‘li A.A.ni pul oldi-berdisida oldindan o‘zaro ziddiyatda bo‘lgan 37 yoshli jiyani Q.Sh uch nafar sherigi – 30 yoshli T.SH, 29 yoshli X.Sh hamda 30 yoshli T.Sh bilan birga urib, do‘pposlagan.

Ular A.A.ni Gentra’ga o‘tqazib voqea joyidan olib ketishgan. U og‘ir tan jarohatlari bilan shu kuni shifoxonaga yotqizilgan. Uni bu yerga kim tashlab ketgani ochiqlanmagan.

Ammo A.A ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan oradan 1 kun o‘tib – 28 aprel kuni vafot etgan.

Viloyat IIB dastlab holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k» va «e» bandlari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergandi. Keyinroq ish JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandiga qayta malakalanganini ma’lum qildi. Ushbu moddaga ko‘ra, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi qayd etilgan.

Ushbu hodisa ishtirokchilari bo‘lgan jiyan va uning 3 nafar sherigi ushlanib, prosessual tartibda qamoqqa olingan.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!