Poytaxt IIBBga ko‘ra, 2020 yil 16 mart holatiga “Ecodream” turar joy majmuasi qurilishiga 37,4 mlrd so‘m sarflangan, qolgan mablag‘lar esa maqsadli ishlatilmay, talon-toroj qilingan.
Oqibatda 6 yil avval boshlangan loyiha soxta sxema ekani aniqlanib, 274 nafar fuqaro firibgarlik qurboniga aylangan. Ular to‘lagan mablag‘lar ham qaytarilmagan.
Ta’kidlanishicha, jami yetkazilgan zarar 97 mlrd so‘mni tashkil etgan. Uni qoplash maqsadida gumondorlarga tegishli 65,5 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulk, transport vositalari va boshqa aktivlar xatlanib, taqiq qo‘yilgan.