Prezidentning 2026 yil 28 oktyabrdagi PF–236-son farmoniga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensasiya tayinlashda oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad mezoni 1 072 500 so‘mdan 1 430 000 so‘mga oshirildi.
Arizani «Baraka» ilovasi, my.gov.uz portali, Davlat xizmatlari markazlari, «Inson» markazlari yoki mahalladagi ijtimoiy xodim orqali topshirish mumkin.
Oilaning daromadi, mulkiy holati va energiya iste’moli haqidagi ma’lumotlar elektron tizimlar orqali tekshiriladi. Kompensasiya tasdiqlansa, mablag‘ keyingi oyning 27-sanasiga qadar ijtimoiy yoki bank kartasiga o‘tkaziladi.
16-sanadan keyin topshirilgan arizalar navbatdagi oyda ko‘rib chiqiladi. Ariza bir marta beriladi, keyingi oylarda ma’lumotlar avtomatik tekshirib boriladi.