Evropa komissiyasi Yevropa Ittifoqida ayrim qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi bo‘yicha prognozlarni keskin pasaytirdi. Bunga qayta-qayta kuzatilayotgan issiq havo to‘lqinlari sabab bo‘lmoqda.
Evropa komissiyasining Birlashgan tadqiqot markazi (JRC) ma’lum qilishicha, YEIda kuzgi ekinlar hosildorligi bo‘yicha prognozlar 1–4 foizga pasaytirilgan.
"Umuman olganda, don ekinlari hosildorligi bo‘yicha prognoz so‘nggi besh yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1 foiz past bo‘ldi", — deyiladi JRC xabarida.