Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

ECHL yarim finalida to‘rtta davlatdan to‘rtta jamoa qoldi

ECHL yarim finalida to‘rtta davlatdan to‘rtta jamoa qoldi

Chempionlar ligasining joriy mavsumi yarim final bosqichida qiziqarli holat kuzatilmoqda: kuchli to‘rtlikda birorta ham liga ikki yoki undan ortiq vakilga ega emas.

Yarim finalda «PSJ» (Fransiya) «Bavariya» (Germaniya) bilan, «Atletiko» (Ispaniya) esa «Arsenal» (Angliya) bilan kuch sinashadi. Shu tariqa, ushbu bosqichda Yevropaning to‘rtta kuchli chempionatidan bittadan vakil qoldi.

Ayniqsa, ingliz klublarining ishtiroki e’tiborni tortadi. Mazkur turnirning 1/8 final bosqichida Angliya Premyer-ligasidan bir yo‘la oltita klub ishtirok etgan edi, bu musobaqa tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi. Biroq yarim finalgacha ulardan faqat «Arsenal» yetib keldi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!