Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

ECHL. Bugun yana to‘qqizta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

ECHL. Bugun yana to‘qqizta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Bugun, 4 noyabr kuni UYEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqich 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Ikkinchi o‘yin kunida jami to‘qqizta bahs o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kunning dastlabki uchrashuvlarida Madridning "Real" klubi Gresiyada AYEK mehmoni bo‘ladi. Shuningdek, Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi.

Keyingi bahslarda "Manchester Siti" Germaniyada "Leypsig" bilan kuch sinashadi. "Arsenal" esa Chexiyaning "Slaviya" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Bundan tashqari, "Borussiya" Dortmund o‘z maydonida "Betis"ni qabul qilsa, "Portu" va "Napoli" o‘rtasida ham qiziqarli qarama-qarshilik kutilmoqda.

ECHL. Umumiy bosqich. 4-tur

4 noyabr, chorshanba

22:45. AYEK – "Real"

22:45. "Fenerbaxche" – "Liverpul"

5 noyabrga o‘tar kechasi

01:00. "Borussiya" Dortmund – "Betis"

01:00. "Portu" – "Napoli"

01:00. PSV – "Bryugge"

01:00. "Leypsig" – "Manchester Siti"

01:00. "Lans" – "Komo"

01:00. "Slaviya" – "Arsenal"

01:00. "Viking" – "Sabah"

Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Shu tariqa, bugungi uchrashuvlar bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-tur bahslari yakunlanadi.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!