Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

ECHL. "Bavariya" va "Arsenal" o‘rtasidagi to‘rtta gol urilgan bahsda g‘olib aniqlanmadi

ECHL. "Bavariya" va "Arsenal" o‘rtasidagi to‘rtta gol urilgan bahsda g‘olib aniqlanmadi

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida Myunxenning "Bavariya" klubi Londonning "Arsenal" jamoasini qabul qildi. "Arena Myunxen" stadionida kechgan qiziqarli bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida mehmonlar jiddiy yo‘qotishga uchradi. Jarohat olgan Bukayo Saka o‘yinni davom ettira olmadi va uning o‘rniga Eberechi Eze maydonga tushdi.

Aynan Eze 25-daqiqada hisobni ochib, londonliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq 35-daqiqada Alfonso Devis javob golini kiritib, muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida "Bavariya" hujumchisi Garri Keyn penaltidan unumli foydalanib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shunga qaramay, "Arsenal" mag‘lubiyatdan qutulishga muvaffaq bo‘ldi. 82-daqiqada Deklan Rays raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi — 2:2.

Chempionlar ligasining 4-turida "Bavariya" 3 noyabr kuni Madridning "Atletiko" klubiga qarshi maydonga tushadi. "Arsenal" esa 4 noyabrda Praganing "Slaviya" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Chempionlar ligasi. Umumiy bosqich, 3-tur

"Bavariya" — "Arsenal" — 2:2

Gollar: Devis (35), Keyn (61, penalti) — Eze (25), Rays (82).

Kiritildi: Bugun 06:26. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!