Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Parijliklar safida Dezire Due uchrashuvning birinchi bo‘limida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, fransuz futbolchisi sheriklariga bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda Lyuka Ernandes, Vitinya va Fabian Ruis o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. Kataloniyaliklarning ikki goliga esa Xavi Espart va Lamin Yamal mualliflik qildi.
Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari musobaqada ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Hisobidagi ochkolar sonini 9 taga yetkazgan «PSJ» umumiy bosqich turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikki g‘alabadan keyin ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan «Barselona» esa 6 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.
Chempionlar ligasining navbatdagi turida Parij klubi safarda «Vilyarreal» bilan kuch sinashadi. Xans-Diter Flik boshchiligidagi «Barselona» esa o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi.